Главная » Yangiliklar » 19 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
19 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

19 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 19 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
  • Дата релиза: 18-04-17, 22:09
19 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 23-25 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30, ba`zi joylarda 33 darajagacha issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 2000 metrdan baland hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja issiq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: