Главная » Yangiliklar » ​19 yoshli qiz changyutgich yordamida labini kattalashtirishga urindi
​19 yoshli qiz changyutgich yordamida labini kattalashtirishga urindi

​19 yoshli qiz changyutgich yordamida labini kattalashtirishga urindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​19 yoshli qiz changyutgich yordamida labini kattalashtirishga urindi
  • Дата релиза: 28-03-17, 19:44
​19 yoshli qiz changyutgich yordamida labini kattalashtirishga urindi
Yoshgina qizlar o`z tasavvurlaridagi go`zallikka erishish uchun nimalar qilmaydi, deysiz. Go`zallik ortidan quvgan qizlarning aksariyati hatto salomatliklarini ham xavf ostiga qo`yadi. Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida yashovchi 19 yoshli qiz ham lablarini changyutgich yordamida kattalashtirmoqchi bo`lib, shifoxonaga tushishiga bir baxya qoldi.

Rostovlik qiz changyutgich trubasini lablariga bir daqiqa qo`yib turdi. Kuchli og`riqni sezganidagina u texnikani elektrdan uzdi. Natija qiz kutgandek bo`lmadi. Lablari shishib ketganini ko`ragn qiz tez yordam chaqirdi. Shifokorlar qizni shifoxonaga olib ketmoqchi bo`ldi, biroq u bundan bosh tortdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: