Главная » Yangiliklar » 19 yoshli qiz o`zi o`g`irlagan telefon orqali “Samarqand darvoza”ga bomba qo`yilish rejasi haqida “102” ga xabar berdi
19 yoshli qiz o`zi o`g`irlagan telefon orqali “Samarqand darvoza”ga bomba qo`yilish rejasi haqida “102” ga xabar berdi

19 yoshli qiz o`zi o`g`irlagan telefon orqali “Samarqand darvoza”ga bomba qo`yilish rejasi haqida “102” ga xabar berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 19 yoshli qiz o`zi o`g`irlagan telefon orqali “Samarqand darvoza”ga bomba qo`yilish rejasi haqida “102” ga xabar berdi
  • Дата релиза: 01-04-17, 11:33
19 yoshli qiz o`zi o`g`irlagan telefon orqali “Samarqand darvoza”ga bomba qo`yilish rejasi haqida “102” ga xabar berdi
21 mart kuni 102 raqamiga yashirin raqamdan “Samarqand darvoza” ko`ngilochar savdo majmuasiga qora kiyim kiygan noma`lum shaxslar bomba qo`yish rejasini tuzayotgani haqida xabar kelib tushdi.

Mazkur xabardan so`ng tegishli tizimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi va natijada xabar yolg`on ekanligi ma`lum bo`ldi.

Aniqlanishicha, ushbu xabarni etkazgan shaxs 1998 yilda tug`ilgan qiz bo`lib, u 102 raqamiga qo`ng`iroq qilishdan avval Matiz avtomashinasiga yo`lovchi sifatida o`tirib, haydovchining 118 ming so`mlik telefonini o`g`rilagan hamda ushbu uskunadan yolg`on qo`ng`iroq amalga oshirgan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo`zg`atildi.

Yolg`on qo`ng`iroq va buning oqibatida davlatga etkazilgan zarar hisoblab chiqilib, fuqaroga nisbatan ayblov e`lon qilinadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: