Главная » Yangiliklar » ​1 iyul kuni O`zbekistonda kutiladigan ob-havo ma`lumoti
​1 iyul kuni O`zbekistonda kutiladigan ob-havo ma`lumoti

​1 iyul kuni O`zbekistonda kutiladigan ob-havo ma`lumoti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​1 iyul kuni O`zbekistonda kutiladigan ob-havo ma`lumoti
  • Дата релиза: 01-07-17, 00:48
​1 iyul kuni O`zbekistonda kutiladigan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 iyul kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-23, kunduzi 35-37 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-26, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi, Namangan viloyatining ba`zi joylarida do`l yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 19-24, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi, Namangan viloyatining ba`zi tog`li joylarida do`l yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: