Главная » Yangiliklar » ​1 iyuldan pensiya to`lovlarini Xalq bankining 2 mingta sayyor kassalari tomonidan to`lanishi to`liq joriy qilindi
​1 iyuldan pensiya to`lovlarini Xalq bankining 2 mingta sayyor kassalari tomonidan to`lanishi to`liq joriy qilindi

​1 iyuldan pensiya to`lovlarini Xalq bankining 2 mingta sayyor kassalari tomonidan to`lanishi to`liq joriy qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​1 iyuldan pensiya to`lovlarini Xalq bankining 2 mingta sayyor kassalari tomonidan to`lanishi to`liq joriy qilindi
  • Дата релиза: 05-07-17, 23:05
​1 iyuldan pensiya to`lovlarini Xalq bankining 2 mingta sayyor kassalari tomonidan to`lanishi to`liq joriy qilindi
Barchamizga ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi “Pensiya va nafaqalarni to`lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq, Xalq banki respublikada pensiya va nafaqalarni to`lash bo`yicha yagona vakolatli bankka aylandi. Bu, albatta, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha yoshi ulug` insonlarga xizmat qilish uchun Xalq bankiga yana qo`shimcha ma`suliyat yukladi.

Aytish joizki, Qarorga muvofiq joriy yilning 1 aprelidan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlarning 13 ta shaharlari va Toshkent shahrining 6 ta tumanlarida jami 758 ta mahalla fuqarolar yig`inlarida Xalq banki tomonidan pensionerlarga pensiya to`lovlari tarqatilmoqda. Shu yilning 1 mayidan boshlab 39 ta qishloq tumanlarida 1 407 ta mahallalarga pensiya to`lovlari to`lab berildi. 1 iyuldan boshlab Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida (195 ta) pensiya to`lovlarini Xalq bankiing 2 mingta sayyor kassalari tomonidan to`lanishi to`liq joriy qilindi.

Endilikda pensionerlar har oylik pensiya mablag`larini jadvalga muvofiq posyolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yig`inlarida olishlari mumkin bo`ladi. Agarda jadvalda belgilangan vaqtda pensiyani olishga ulgura olmagan shaxslar bo`lsa, ular o`z pullarini boshqa kunlarda olishlari mumkin.

Qaror talablaridan kelib chiqib, Xalq banki filiallaridan maxsus kassalarga naqd pullarni o`z vaqtida va uzluksiz etkazib berish uchun 590 ta “Damas” rusumli avtomashinalar sotib olinib, filiallarga etkazib berildi va kelgusida joylardagi filiallarning ehtiyojlariga qarab qo`shimcha avtomashinalar sotib olinadi.

Shuningdek, pensiya mablag`ini uyiga olib kelib beriladigan shaxslar ro`yxati ham tuzib chiqilib, pensiya va nafaqalarning maxsus kassalari joylashishida qandaydir o`zgarishlar bo`lsa, pensiya oluvchilar bank, shuningdek qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig`inlari tomonidan xabardor etilishi belgilab qo`yildi. Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi tomonidan Xalq banki bilan birgalikda pensiya va nafaqalar to`lanishini onlayn rejimda SMS-xabardor etish tizimi amalga tatbiq etildi.

Bankning barcha tuman va shahar filiallarida pensiya va nafaqa to`lovlari bo`limi tashkil qilinib, malakali mutaxassislar bilan butlandi.

Quvonarlisi, kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 4 mingga yaqin o`g`il-qizlar kassir va buxgalter nazoratchi lavozimlariga ishga olinib, ularning bandliklari ta`minlandi.

Yana bir ma`lumot. Xalq banki tizimida pensiya va nafaqa to`lovlarini tarqatish bo`yicha barcha ma`sul xodimlarga o`quv seminarlari tashkil qilinib, ularning tezkor va sifatli xizmatko`rsatishlari, mijozlarga muomala madaniyati bo`yicha bilim va malakalar hamda tavsiyalar berib borilmoqda.

Xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida bankning markaziy apparatidan malakali bank xodimlari biriktirilib, ular filiallarga va joylardagi kassalargacha borib, pensiya mablag`larini to`lab berishda amaliy yordam berishmoqda.

Joylardagi mahalliy hokimliklar va pensiya jamg`armasi bilan hamkorlikda qarorning mazmun-mohiyati, ijrosini ta`minlash bo`yicha seminarlar tashkil qilinib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda hamda pensiya va nafaqa to`lovlarini tarqatish bo`yicha dislokasiya (maxsus joylar) va tarqatish kunlari bo`yicha grafiklar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Pensionerlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida har bir mahalla fuqarolar yig`ini ma`muriy binosida bank tomonidan maxsus stendlar tayyorlanib, fuqarolar uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar bilan ta`minlangan holda ko`rinadigan joyga joylashtirildi.

Pensiya mablag`larini naqd pulda o`z vaqtida to`lab berilishi yuzasidan Markaziy bank bilan hamkorlikda barcha zaruriy choralar ko`rilmoqda.

Xalq banki kelgusida bu borada yuzaga kelayotgan barcha muammolarni to`liq bartaraf etgan holda ishonchli tizim asosida faoliyat yuritishda davom etadi.

Shu o`rinda muhim bir yangilik. Pensiya mablag`larini tarqatilishi jarayonida yuzaga keladigan muammo va shikoyatlarni o`z vaqtida bartaraf etish yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish bo`yicha “1106” qisqa raqamli “ishonch telefoni” tashkil etildi. O`rganishlar natijasi shuni ko`rsatmoqdaki, dastlab yurtdoshlarimizdan tushayotgan aksariyat murojaatlar mazmunida belgilangan grafiklarda pensionerlarning ism-shariflari chiqmay qolish holatlari ifodalangan edi. Bugungi kunda bu kabi masalalar deyarli bartaraf etilgan bo`lib, yuzaga kelayotgan vaziyatlar Xalq bankining “1106” qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali tezkor hal etilib kelinmoqda, deb yozadi bank axborot xizmati.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: