Главная » Yangiliklar » 1-mart Bahorning ilk kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
1-mart Bahorning ilk kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-mart Bahorning ilk kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 1-mart Bahorning ilk kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
  • Дата релиза: 01-03-18, 09:02
1-mart Bahorning ilk kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan kuchli yomg`ir, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 12-14 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha, ba`zi joylarda shiddat bilan 23-28 darajagacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha, ba`zi joylarda shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha, ayrim joylarda shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha, ba`zi joylarda shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir yog`ib, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha, ba`zi joylarda shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: