Главная » Yangiliklar » ​2017-2018 yillarda Chilonzor tumanidagi barcha yo`llar to`liq ta`mirlanadi
​2017-2018 yillarda Chilonzor tumanidagi barcha yo`llar to`liq ta`mirlanadi

​2017-2018 yillarda Chilonzor tumanidagi barcha yo`llar to`liq ta`mirlanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​2017-2018 yillarda Chilonzor tumanidagi barcha yo`llar to`liq ta`mirlanadi
  • Дата релиза: 13-04-17, 12:45
​2017-2018 yillarda Chilonzor tumanidagi barcha yo`llar to`liq ta`mirlanadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi ichki yo`llarni ta`mirlash loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko`ra 2017-2018 yillarda tumandagi barcha ichki yo`llar to`liq ta`mirlanadi, deya xabar beradi O`zA.

Davlatimiz rahbari loyiha bilan tanishar ekan, yo`llarning sifati va zamonaviyligiga alohida e`tibor qaratish zarurligini ta`kidladi.

Katta bino va inshootlar, bozor hududlariga yaqin masofalarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari etishmasligi muayyan noqulayliklar tug`dirayotganligini ko`rsatmoqda. Prezidentimizga katta bino va inshootlar oldida maxsus avtoturarjoylar loyihasi haqida axborot berildi.

Unga ko`ra binolar yonida avtomobillar uchun mo`ljallangan uch va to`rt qavatli avtoturarjoylar qurilishi rejalashtirilgan. Bu yo`llardagi tirbandliklarning oldini olish, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz yo`llarni yaxshilash bilan birga, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini ham zamonaviy talablar darajasida bunyod etish bo`yicha mutasaddilarga tegishli ko`rsatmalar berdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: