Главная » Yangiliklar » 2017-2018 yillarda O`zbekistonda 5454 kilometr avtomobil yo`llari kapital ta`mirdan chiqadi
2017-2018 yillarda O`zbekistonda 5454 kilometr avtomobil yo`llari kapital ta`mirdan chiqadi

2017-2018 yillarda O`zbekistonda 5454 kilometr avtomobil yo`llari kapital ta`mirdan chiqadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 2017-2018 yillarda O`zbekistonda 5454 kilometr avtomobil yo`llari kapital ta`mirdan chiqadi
  • Дата релиза: 16-02-17, 11:50
2017-2018 yillarda O`zbekistonda 5454 kilometr avtomobil yo`llari kapital ta`mirdan chiqadi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo`llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror mintaqaviy avtomobil yo`llarining yo`l qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatasiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yo`l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli rivojlantirish maqsadlarini ko`zda tutadi.

Dasturda quyidagi vazifalar nazarda tutilgan:

2017-2018 yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017 yilda – 2700 kilometr, 2018 yilda – 2754 kilometr xo`jaliklararo qishloq avtomobil yo`llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko`chalarini kapital va joriy ta`mirlash;

xo`jaliklararo qishloq avtomobil yo`llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko`chalarini joriy ta`mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo`llarni ta`mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 ta yo`l texnikasi bilan ta`minlash;

mavjud respublika xo`jaliklararo qishloq avtomobil yo`llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar ko`chalarini bosqichma-bosqich xatlovdan o`tkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari bo`yicha elektron ma`lumotlar bazasini yaratish.

Shu bilan birga, Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha 295 kilometr, Andijon viloyati bo`yicha – 324 kilometr, Buxoro viloyati bo`yicha – 439 kilometr, Jizzax viloyati bo`yicha – 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati bo`yicha – 679 kilometr, Navoiy viloyati bo`yicha – 216 kilometr, Namangan viloyati bo`yicha – 309 kilometr, Samarqand viloyati bo`yicha – 479 kilometr, Surxondaryo viloyati bo`yicha – 535 kilometr, Sirdaryo viloyati bo`yicha – 267 kilometr, Toshkent viloyati bo`yicha – 516 kilometr, Farg`ona viloyati bo`yicha – 520 kilometr, Xorazm viloyati bo`yicha – 321 kilometr va Toshkent shahri bo`yicha – 332 kilometr yo`llar va ko`chalarni ta`mirlash nazarda tutilgan.

Bu haqda O`zA tomonidan e`lon qilingan yo`l xo`jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha me`yoriy-huquqiy hujjatlarga Sharhda aytib o`tilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: