Главная » Yangiliklar » ​2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e`lon qilindi
​2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e`lon qilindi

​2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e`lon qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e`lon qilindi
  • Дата релиза: 26-05-17, 20:49
​2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e`lon qilindi

O`zbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning 24 may kuni e`lon qilingan qarori bilan 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`atining milodiy 2017 yil (hijriy 1438 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o`rtacha narxi 185 000 (bir yuz sakson besh ming) so`m ekanligini e`tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 15 725 000 (o`n besh million etti yuz yigirma besh ming) so`m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya`ni 393 125 (uch yuz to`qson uch ming bir yuz yigirma besh) so`m zakot chiqarish to`g`risidagi miqdor ma`qullandi.

Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug`doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. (Masalan 2017 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug`doyning narxi o`rtacha 3.000 so`m bo`lsa, demak 2 kg. bug`doy narxi 6.000 so`m bo`ladi).

Fidya miqdori esa doimiy uzr bilan ro`za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo`lib, o`rtacha 12.000 (o`n ikki ming) so`m deb belgilandi.
Manba: Darakchi.uz

Логин:
Пароль: