Главная » Yangiliklar » 2018-yilda O‘zbekistonda taksichilar patent asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin
2018-yilda O‘zbekistonda taksichilar patent asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin

2018-yilda O‘zbekistonda taksichilar patent asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 2018-yilda O‘zbekistonda taksichilar patent asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin
  • Дата релиза: 20-12-17, 21:59
2018-yilda O‘zbekistonda taksichilar patent asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin
Jismoniy shaxslarga 2018-yildan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilishi mumkin.

Bu haqda O‘zbekiston Senatining 13-yalpi majlisida ma’ruza qilgan bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ushbu tartib tegishli litsenziya olgan, o‘rindiq joylari 4 (to‘rt) yo‘lovchidan ortiq bo‘lmagan taksilarga nisbatan tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Vazirning ta’kidlashicha, mazkur taklif Prezidentning soliqlar yig‘uvchanligini oshirish, daromadlarini legalizatsiya qilish, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash doirasida bergan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: