Главная » Yangiliklar » 20 daraja sovuqqa dosh bera oladigan “eng chidamli Android-smartfon” taqdim etildi
20 daraja sovuqqa dosh bera oladigan “eng chidamli Android-smartfon” taqdim etildi

20 daraja sovuqqa dosh bera oladigan “eng chidamli Android-smartfon” taqdim etildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 20 daraja sovuqqa dosh bera oladigan “eng chidamli Android-smartfon” taqdim etildi
  • Дата релиза: 06-06-14, 20:56
20 daraja sovuqqa dosh bera oladigan “eng chidamli Android-smartfon” taqdim etildi

Cat phones (Caterpillar) kompaniyasi o‘zining yuqori darajada himoyalangan smartfonlari yangi avlodi B15Q’ni taqdim etdi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, u Android 4.4. KitKat operatsion tizimida ishlovchi va keng sotuvdagi smartfonlar ichida eng chidamlisidir.

Yangi smartfon suv, qirilish, haroratning o‘zgarib turishi va changdan himoyaga ega. U 20 daraja ayozda ham, 55 daraja jaziramada ham muammosiz ishlaydi.

“Eng chidamli smartfon” 4 dyuymli 800×480 pikselli displey, to‘rt yadroli MediaTek MT6577 protsessori, 1Gb tezkor, 4 Gb ichki xotiraga ega. Displeyda ho‘l barmoqlar bilan ham ishlash mumkin.

2000 mA/s hajmiga ega akkumulyatori yordamida qurilma 16 soat suhbat rejimida va 26 kun kutish rejimida ishlay oladi. Smartfon 0,3 megapikselli old va 5 megapikselli orqa kamera bilan jihozlangan.

B15Q o‘lchamlari 125×69,5×14,95 mm, og‘irligi 170 grammga teng

Логин:
Пароль: