Главная » Yangiliklar » 20 dekabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
20 dekabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

20 dekabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 20 dekabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
  • Дата релиза: 19-12-18, 23:47
20 dekabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 20 dekabr kuni kutilayotgan ob-havoni ma`lum qildi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanadi). Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining 1800 metrdan baland tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: