Главная » Yangiliklar » ​20 NAFAR YoSh XONANDA "NIHOL" MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI
​20 NAFAR YoSh XONANDA

​20 NAFAR YoSh XONANDA "NIHOL" MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​20 NAFAR YoSh XONANDA "NIHOL" MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI
  • Дата релиза: 27-08-17, 15:13
​20 NAFAR YoSh XONANDA "NIHOL" MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI
"Istiqlol" saroyida 25 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste`dodlar uchun ta`sis etgan "Nihol" mukofotining yangi sohiblarini taqdirlashga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan "Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!" shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirga turli ijodiy tashkilotlarning vakillari, san`at namoyandalari, musiqa san`ati muxlislari taklif etildi.

Mamlakatimizda milliy madaniyatimiz va san`atimizga bo`lgan e`tiborni tobora kuchaytirish, ayniqsa, yosh ijrochilarni har jihatdan qo`llab-quvvatlash, ularni yangidan-yangi ijodiy marralar sari ruhlantirish borasidagi amaliy ishlar iste`dodlar safining tobora kengayishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. "Nihol" mukofoti musiqa san`atining turli yo`nalishlarida g`ayrat bilan ijod qilayotgan yosh yigit-qizlarni xalqimizga tanitish, ular ijodini yangi, yanada yuqori saviyada yo`lga qo`yishda yaqindan ko`maklashishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 3 avgust kuni yurtimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvda ta`kidlaganidek, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular ongu shuurini turli zararli g`oyalar ta`siridan ishonchli himoyalashda ijod ahli, jumladan, san`atga endi qadam qo`yayotgan yosh ijrochilardan ham katta mas`uliyat talab etilayotganini bugun zamonning o`zi ko`rsatib turibdi.

2016 yil oktyabr-noyabr oylarida "Nihol" mukofoti tanlovining tuman (shahar) saralash bosqichlari o`tkazilgandi. Unda 13 mingdan ortiq ijodkor yosh o`z mahoratini namoyish etdi. Ularning eng munosiblari respublika bosqichida qatnashib, mumtoz qo`shiq, musiqa ijrochiligi, estrada, opera ijrochiligi, raqs san`ati yo`nalishlarida o`z musiqiy dasturini "Nihol" mukofoti respublika kengashi a`zolari, mutaxassislar va ekspertlar, keng jamoatchilik, san`at ixlosmandlari e`tiboriga havola etdi.

Prezidentimizning O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risidagi qaroriga muvofiq yosh iste`dodlar uchun “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda g`oliblar ijrosidagi konsert dasturini bayramona tarzda o`tkazishga alohida e`tibor qaratildi.

Ushbu tanlovning saralash bosqichlarida qo`shiqlari bilan yoshlarni ezgulikka, Vatan oldidagi mas`uliyatni teran anglashga chorlashga qodir bo`lgan, el-yurt, jamiyat, san`at ixlosmandlari oldidagi ijtimoiy burchini teran anglaydigan, chin ma`nodagi iste`dod sohiblarini aniqlashga jiddiy yondashildi. Shu bilan birga ishtirokchilarning insoniylik va vatanparvarlik fazilati, repertuari saviyasi, professional tayyorgarlik darajasi, san`atga bo`lgan intilishiga katta ahamiyat qaratildi.

Yurtimizda barpo etilayotgan bolalar musiqa va san`at maktablari, bolalar badiiy ijodiyoti markazlari, musiqa san`ati yo`lidagi doimiy e`tibor yangidan-yangi iste`dod egalarini kamol toptirishga xizmat qilayotgani ushbu ijodiy loyiha jarayonida yana bir karra o`z isbotini topdi. Mazkur mukofot sohiblari o`z yo`nalishlari bo`yicha oliy o`quv yurtiga imtihon va test sinovlarisiz davlat granti asosida o`qishga kirish imkoniyati, «Nihol»ning maxsus statuetkasi va eng kam oylik ish haqining 70 barobari miqdorida pul mukofotiga sazovor bo`ladi.

Yigirma yosh ijrochi "Nihol" mukofotining 2017 yilgi sohibi sifatida e`lon qilindi. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Milliy teleradiokompaniya hamkorligida imzolangan memorandumga asosan "Nihol"ning yangi sovrindorlari bir yil mobaynida o`z qo`shiqlarini teleradiokanallarda bepul efirga uzatish, audiostudiyalarda imtiyozli musiqa yozish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, respublika Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Norboeva so`zga chiqdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: