Главная » Yangiliklar » 2169-yilda qora piramidali asteroid Yer bilan to‘qnashishi mumkin
2169-yilda qora piramidali asteroid Yer bilan to‘qnashishi mumkin

2169-yilda qora piramidali asteroid Yer bilan to‘qnashishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 2169-yilda qora piramidali asteroid Yer bilan to‘qnashishi mumkin
  • Дата релиза: 16-07-14, 22:29
2169-yilda qora piramidali asteroid Yer bilan to‘qnashishi mumkin
Internetda Kanadaning NEOSSat sun’iy yo‘ldoshi orqali tasvirga olingan kadrlar paydo bo‘ldi. Unda 1999 RQ36 asteroidi hamda undagi ulkan qora piramidaga o‘xshash hosilani ko‘rish mumkin. Bu haqda Vesti.ru xabar berdi.

NASA astronom olimlari aytishicha, kosmik jismning diametri yarim kilometrdan oshadi. U to‘ppa-to‘g‘ri Yerga qarab harakatlanmoqda.

1999-yilda kashf qilingan ushbu asteroidning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli to‘rt mingga birga teng. Agar ushbu obyekt sayyoramiz bilan to‘qnashgan taqdirda ham, bu 2169-yildan so‘ng sodir bo‘ladi.

NASA mutaxassislari 2016-yilda asteroid yuzasiga sun’iy yo‘ldosh yuboradi. U 2020-yilda obyektga yaqinlashib, 2023-yilda qaytib keladi.
Логин:
Пароль: