Главная » Yangiliklar » 21-iyuldan boshlab Toshkentda sovuq suv narxi oshadi
21-iyuldan boshlab Toshkentda sovuq suv narxi oshadi

21-iyuldan boshlab Toshkentda sovuq suv narxi oshadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 21-iyuldan boshlab Toshkentda sovuq suv narxi oshadi
  • Дата релиза: 06-07-17, 13:53
21-iyuldan boshlab Toshkentda sovuq suv narxi oshadi
“Suvsoz” davlat unitar korxonasini Toshkent shahrida 21-iyuldan boshlab sovuq suv tariflari oshishi haqida ma’lum qildi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 4-iyul kuni tasdiqlandi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Aholi iste’mol qiladigan suvning 1 kubometri 180 dan 190 so‘mga (1,5 koeffitsiyent bo‘yicha — 270 so‘mdan 285 so‘mga), kanalizatsiya xizmati esa 115 so‘mdan 155 so‘mga oshdi.

Markazlashgan issiq suv ta’minoti tizimiga ega ko‘p qavatli xonadonlar uchun yangi tarif (issiq suv hisoblagichi mavjud bo‘lmagan holatlarda) 1 kubometr uchun 500 so‘m (hozir 410 so‘m), issiq suv ta’minoti markazlashmagan xonadonlar uchun 345 so‘m (hozir 295 so‘m) deb belgilandi.

Xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 345 so‘mni (hozir 295 so‘m), kanalizatsiyasiz 190 so‘mni (hozir 180 so‘m) tashkil qiladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: