Главная » Yangiliklar » 24-iyunda Nokia va Microsoft yangi qurilmasi bilan bizni “hasaddan ko‘kartiradi”
24-iyunda Nokia va Microsoft yangi qurilmasi bilan bizni “hasaddan ko‘kartiradi”

24-iyunda Nokia va Microsoft yangi qurilmasi bilan bizni “hasaddan ko‘kartiradi”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 24-iyunda Nokia va Microsoft yangi qurilmasi bilan bizni “hasaddan ko‘kartiradi”
  • Дата релиза: 23-06-14, 11:51
24-iyunda Nokia va Microsoft yangi qurilmasi bilan bizni “hasaddan ko‘kartiradi”
Nokia o‘zining rasmiy saytiga teskari sanoqli tizer reklamasini joyladi. Unda qandaydir yangi mahsulot 24-iyun kuni namoyish etilishi xabar berilgan. Reklamaga Green with Envy (“Hasaddan ko‘karib ketish”) iborasi ilova qilingan. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Aynan qanday qurilma taqdim etilishi fosh qilinmayapti. Biroq avvalroq Microsoft Mobile Nokia X2 smartfonini iyunda namoyish etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu galgi smartfon birvarakayiga ikkita — Android va Windows Phone operatsion tizimlarini o‘zida jamlaydi.

Yangi smartfonda “Uy” (Home) tugmasi paydo bo‘ladi (Nokia X/XL’da yo‘q), Microsoft foydalanuvchilar xohishini hisobga olib bunday qarorga keldi. Ayni paytda Nokia X2 prototiplari Hindistonda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Qurilma Nokia X’dan arzonroq, shu bilan birga kuchliroq ham bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 4,3 dyuymli 800×480 pikselli displey, ikki yadroli Qualcomm Snapdragon 200 protsessori, 1 Gb tezkor, 4 Gb ichki xotira, 5 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ladi.
Логин:
Пароль: