Главная » Yangiliklar » 27 fevral kuni respublika bo`ylab yomg`ir yog`adi
27 fevral kuni respublika bo`ylab yomg`ir yog`adi

27 fevral kuni respublika bo`ylab yomg`ir yog`adi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 27 fevral kuni respublika bo`ylab yomg`ir yog`adi
  • Дата релиза: 26-02-18, 20:15
27 fevral kuni respublika bo`ylab yomg`ir yog`adi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 15-17 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, Ustyurt bo`ylab kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja iliq, cho`l hududlarining ayrim joylarida 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18, ayrim joylarda 20-22 darajagacha iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir yog`ib, ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: