Главная » Yangiliklar » 27 mart kuni vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin
27 mart kuni vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

27 mart kuni vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 27 mart kuni vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin
  • Дата релиза: 26-03-18, 16:06
27 mart kuni vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 16-18 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja iliq, Ustyurtda 0-2 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20, ayrim joylarda 23 darajagacha iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. 1800 metrdan yuqori joylarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: