Главная » Yangiliklar » 29 dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
29 dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29 dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 29 dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
  • Дата релиза: 29-12-18, 02:01
29 dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol, sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-6, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: