Главная » Yangiliklar » 29 mart kuni yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin
29 mart kuni yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

29 mart kuni yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 29 mart kuni yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin
  • Дата релиза: 28-03-18, 16:15
29 mart kuni yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 24-26 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 25-30, Ustyurtda kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27, ba`zi joylarda 30 darajagacha iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 26-31 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 2000 metrdan yuqori joylarda qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: