Главная » Yangiliklar » 29-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
29-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

29-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 29-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
  • Дата релиза: 28-11-17, 21:31
29-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
29-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor yog‘ishi) kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushadi. Kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0—5, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: