Главная » Yangiliklar » 29 yoshli saratonga chalingan bemor nikoh to‘yidan o‘n soat o‘tmay vafot etdi
29 yoshli saratonga chalingan bemor nikoh to‘yidan o‘n soat o‘tmay vafot etdi

29 yoshli saratonga chalingan bemor nikoh to‘yidan o‘n soat o‘tmay vafot etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 29 yoshli saratonga chalingan bemor nikoh to‘yidan o‘n soat o‘tmay vafot etdi
  • Дата релиза: 27-06-14, 23:56
29 yoshli saratonga chalingan bemor nikoh to‘yidan o‘n soat o‘tmay vafot etdi
29 yoshli saraton kasaliga chalingan bemorning to‘yi uning vafotidan bir necha soat avval Filippin shifoxonasida o‘tkazildi. Filippinlik Rouden Go iyul oyida o‘z sevgilisi Lizlga uylanish orzusida edi, ammo may oyida bo‘lajak kuyovning jigar saratoniga chalingani aniqlandi. 8-iyulga rejalashtirilgan to‘y marosimi iyun oyida o‘tkazildi. Marosimdan o‘n soat o‘tmay kuyov hayotdan ko‘z yumdi. 18-iyunda YouTube’ga joylashtirilgan Rouden Go to‘y marosimining videosi to‘rt milliondan ortiq tomoshabinlar e’tiborini tortdi, deb yozadi Daily Mail.

Ushbu video har bir to‘y marosimidek klassik musiqaga hamohang ravishda kelinning tayyorgarlik ko‘rishi bilan boshlanadi. Keyin esa oq ko‘ylak kiygan Roudenning kasalxona yo‘laklaridan olib chiqilayotgani tasvirda paydo bo‘ladi.
ABS-CBNnews’ning xabar berishicha, Roudenning ukasi ushbu filmni yolg‘iz tomosha qilmoqchi bo‘lgan, ammo yuragi dosh bermay, videoni butun dunyoga taqdim etgan.
Логин:
Пароль: