Главная » Yangiliklar » 32 xotini va 47 farzandi bo‘lgan Isroil fuqarosi jinsiy jinoyatlarda ayblanib sud qilindi
32 xotini va 47 farzandi bo‘lgan Isroil fuqarosi jinsiy jinoyatlarda ayblanib sud qilindi

32 xotini va 47 farzandi bo‘lgan Isroil fuqarosi jinsiy jinoyatlarda ayblanib sud qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 32 xotini va 47 farzandi bo‘lgan Isroil fuqarosi jinsiy jinoyatlarda ayblanib sud qilindi
  • Дата релиза: 10-09-14, 21:24
32 xotini va 47 farzandi bo‘lgan Isroil fuqarosi jinsiy jinoyatlarda ayblanib sud qilindi

Isroil fuqarosi Goel Ratson jinsiy asosga ega jinoyatni amalga oshirishda aybdor deb topildi. U xususan o‘z qizlarini zo‘rlashda, axloqsiz xatti-harakatlarda va ruxsat etilmagan jinsiy aloqalarni amalga oshirganlikda ayblanmoqda.

 Euronews xabar berishicha, ko‘proq sektani eslatadigan oila boshlig‘ining 32 “xotini” va 40 dan oshiq bolalari bo‘lgan. Shu bilan birga, undan 21 nafar “xotini”ni qullikda saqlagani haqida ayblov olib tashlandi. Sud jarayoni 4 yil davom etdi.

 64 yoshli Ratsonnning o‘zi barcha ayblovlarni rad etib, o‘z hayot tarzi va “oilaviy tartib”ini to‘g‘ri deb, ayollarning tanlovini esa ongli deb hisoblaydi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u uyda qat’iy tartibni saqlab turish, ayollar va bolalarning xulqiga ta’sir ko‘rsatish imkonini beruvchi gipnozdan foydalangan.

 Nashrning eslatishicha, 2010-yilda Isroildagi telekanallardan biri Ratsonning Tel-Avivdagi uylaridan biriga tashrif buyurib, undan intervyu olgan edi. O‘shanda armiyadagidek qattiq tartib, hattoki xo‘rlash va kamsitishlarga ham qaramay, ayollarning u bilan yashab kelayotgani sababi haqida berilgan savolga javoban, uy egasi “Men shunchaki mukammalman”, — degan edi.

Логин:
Пароль: