Главная » Yangiliklar » ​4 OKTYaBR – EVGENIY KASPERSKIY TUG`ILGAN KUN
​4 OKTYaBR – EVGENIY KASPERSKIY TUG`ILGAN KUN

​4 OKTYaBR – EVGENIY KASPERSKIY TUG`ILGAN KUN

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​4 OKTYaBR – EVGENIY KASPERSKIY TUG`ILGAN KUN
  • Дата релиза: 04-10-17, 12:13
​4 OKTYaBR – EVGENIY KASPERSKIY TUG`ILGAN KUN
Kompyuteringiz bormi? U holda siz Kasperkiynini taniysiz! E, o`sha viruslarga qarshi dastur deysizmi? Ha, o`sha! Ammo bugun viruslar haqida emas, ana shu viruslarni mag`lub qilishni kasbiga aylantirgan shu kasbi orqasidan dunyoni qutqarishga ahd qilgan, minglab odamlarni ish bilan ta`minlagan, o`tgan yili millionerdan milliarderga aylangan, mahsuloti 300 million nafar foydalanuvchiga ega, o`ttizta mamlakatda korxonasining vakolatxonalari ishlab turgan dasturchi-tadbirkor Evgeniy Kasperskiyning ajoyib taqidiri, hayot yo`li haqida gaplashamiz.

“Hammasiga sababchi – onam”

Evgeniy Kasperskiy 1965 yilning 4 oktyabr kuni Novorossiysk shahrida tug`ilgan, oilada yolg`iz farzand bo`lib o`sgan. Otasi g`isht zavodida muhandis, onasi ham o`sha erda arxiv xizmatchisi bo`lib ishlagan. “Onam matematikaga qiziqishimni darrov payqadi. Kitob javonimda matematika kitoblari paydo bo`lib qolardi” deb xotirlaydi Kasperskiy. Bir necha yildan so`ng aynan onasi o`g`lini fizika-matematika maktabiga etaklab olib boradi, keyin esa Podmoskovega ko`chib kelganlarida fizika-matematika internatiga beradi. U bu erda aniq fanlarni o`rganish barobarida o`z ustida ham qattiq ishladi. Natijada, o`sha paytdagi nufuzli sanalgan Davlat xavfsizligi qo`mitasi qoshidagi Kriptografiya, aloqa va axborotlashtirish intstitutiga kirishga muvaffaq bo`ladi. O`qishni bitirib, harbiy xizmatga otlanadi.

A`lochi, faol va shunchaki, go`zal

Muhabbat ham esa talabalikdayoq uning yo`lidan chiqdi. A`lochi, faol va shunchaki go`zal qiz Natalyaga oshiq bo`lib qoladi, to`g`rirog`i, kursdoshi bilan “Dam olish uyi”ga borgan Natalya Kasperskiyning boshqalardan ajaralib turganiga e`tibor qaratadi. “Juda nostandart, haqiqiy yo`lboshchi” deb unga baho beradi Natalya. Yarim yildan so`ng ular turmush qurishadi, 1989 yili Natalya 5-kursda o`qib yurganida farzandlari Maksim tug`ildi, uch yildan so`ng esa Ivan dunyoga keladi.

Maxfiy ilmiy-tekshirishlar

Endi oilali, ikkita farzandi bor Kasperskiy kasb tanlashda adashmasligi kerak edi. O`ylab-o`ylab, oxiri harbiy bo`lishga ahd qildi. Axir u maktabda o`qib yurgan paytidayoq sobiq ittifoq harbiy kuchlari bosh shtabining mahfiy ilmiy-tekshirish institutidan uni ishga yollagani kelgandilar. Shunday qili, harbiy ilmiy-tadqiqot institutida ishlay boshladi.

Ammo maoshi kam bo`lgani bois, oilasini boqish uchun harakat qilmasa bo`lmasdi. Shunda Kasperskiy kompyuter savdosi bilan shug`ullanadigan bir kooperativ bilan hamkorlik qilishga kirishdi. Ammo ishi baroridan kelmadi, to`g`rirog`i, umuman o`xshamadi. Birorta ham komppyuterni sotolmadi. Bu ishdan birgina xulosa chiqardi: savdoni eplolmas ekan...

Zararkunandalarga qarshi

Agar 1989 yili Kasperskiyning kompyuteriga taqdir taqazosi bilan «Cascade» nomli virus tushib qolmaganida u yana nimalar bilan shug`ullanishishga to`g`ri kelardi, Yaratganga ayon. Kasperskiy hech bir qiyinchiliklarsiz “kasallik”ni davoladi (axir nima bo`lganida ham o`rtamiyona dasturchini mahfiy davlat institutiga ishga qabul qilishmaydi-da). Virus kodini qismlarga bo`lib tashlab, zararli oqibatlarni bekor qiluvchi dastur ishlab chiqdi. Mana shunday qilib, bu ish uning butun hayotining maqsadigan aylanishini xayoliga ham keltirmay u o`zining ilk “dori”sini yozdi. O`sha yillari Internet ommalasha boshladi, kimdir foydali bir kor bilan shug`ullansa, ayrimlar zarakunadalikni kasblariga aylantirdilar. Evgeniy esa mana shu troyanu viruslarni yig`ib borishni odat qilib oldi, bo`sh vaqtlarida esa ularga qarshi “zahar”lar yarata boshladi.

Kvartirami, videomagnitafonmi yo... kitob?

Sekin-asta undan yordam so`raydiganlar paydo bo`ldi. Avval bu xunari juda kam foyda keltirar, buyurtmalar sanoqli, ishlar mayda edi. Tabiiyki, bu bilan oilasini boqishiga ko`zi etmasdi. Ammo bir katta buyurtma unga harakat qilish kerakligiga ishora berdi. Dasturiy ta`minot bilan shug`ullanuvchi yirik korxona bu safar o`z to`plamlariga antivirus dasturini ham kiritishni istashgandi. O`sha paytlari bu deyarli qilib bo`lmaydigan ishdek tuyulardi – texnologiyalar hali unchalik rivojlanmagan, buyurmachining ham, pudratchining ham tajribasi yo`q. Loyiha haddan ziyod mahobatli edi go`yo. Ammo o`ychi o`yini o`ylaguncha... ular shartnomani tuzib, imzoladilar. Dastur juda qoyilmaqom qilib ishlanmagan bo`lsa-da, baribir, Kasperskiyga anchayin katta pul olib keldi. Ana endi xobbi ishga aylanishi ehtimoli paydo bo`ldi.

Taqdir esa unga yana bir sinovni taqdim etdi. Unga bir necha yuzta kompyuterlarga himoya o`rnatish vazifasi togpshirildi. Antiviruslar bilan jihozlangan kompyuterlarning bozori chaqqon bo`lib, anchayin daromad keltirdi. Bu pullarga o`sha paytlari avtomobil yoki videomagnitofon sotib olishi mumkin edi – ikkiovining narxi bir xil edi-da. Ammo Kasperskiy unisini, ham bunisini ham olmadi, bir necha tonna qog`oz harid qilib, «MS-DOSdagi kompyuter viruslari» kitobini chop ettirdi. “Kitob savdosi foyda keltirmadi, ammo meni familiyamni taniydigan bo`lishdi, – deb tushuntiradi Kasperskiy. – Bu to`g`ri qaror ekaniga hozir ham ishonchim komil. Hadeb pul to`g`risida o`ylayverish, faqat daromadni maqsad qilish noto`g`ri. Muvaffaqiyat haqida o`ylash kerak, pul esa o`zi keladi”. Haqiqatan ham Kasperskiy keyinchalik mashhur brendga aylanadigan ismining yuqorilarga ko`tarilishiga tamal toshi qo`ygandi.

U ijodni tanladi!

Davlat homiyligidagi harbiy ilmiy-tekshirish instiutudan ketishigga xotini Natalyadan boshqa hamma qarshi edi. Axir to`qsoninchi yillarning boshi edi, ertaga nima bo`lishini hech kim bilmasdi, harbiy tashkilotda esa har holda hech kimning qorni och qolmasligi aniq edi. Yosh ofiserga harbiy xizmatni tashlab ketish oson bo`lmadi, bo`shatish jarayoni bir yilga cho`zildi. Axir institutning “bosh dasturchisi”ni kim ham qo`ldan chiqargisi kelardi, deysiz? Ammo Kasperskiy buni ham uddaladi, “harbiy ishga noloyiq” degan ibora bilan ishdan bo`shashi to`g`risidagi buyruqni oldi.

Shundan so`ng biror oy dam olmoqchi bo`ldi-yu, ammo ikki haftada o`ydan zerikib, 1991 yilning 19 may kuni “KAMI” texnik markaziga ishga kirdi. Shu paytgacha kompaniya antivirus programmalari bilan shug`ullanmas, uni sotish hech kimning hayoliga ham kelmasdi, ammo kompyuterlar dunyosida anchayin mashxur bo`lib qolgan Kasperskiy uchun maxsus antivirus bo`linmasi ochib berishdi, avvalboshda u shu bo`limning yagona xodimi edi. Unga alohida xona, kompyuter va ijod qilish imkoniyatini berishgandi.

Kuniga 12 soatdan ta`tilsiz, dam olish kunlarisiz ishlash natijasida Kasperskiy o`z antivirus dasturiini ishlab chiqdi – deyarli orzusiga erishdi. Bo`limga yangi xodimlar olindi. Antiviruslar bazasi kengaydi, xullas ish oldinga qarab ketdi.

1994 yili u ishlab chiqqan loyihasini testdan o`tkazish Gamburg universitetiga jo`natdi. Sinovlardan o`tgach, u ishlab chiqqan dastur raqobatchilarnikidjan yuqori deb topildi, undagi viruslar soni boshqalarnikidan ko`p edi. Gamburgadagi muvaffaqiyatidan so`ng yangi kontraktlar paydo bo`ldi. Italiyayu Shveysariyadan halqaro shartnomalar tuzish taklifi kela boshladi.

Er bosh, xotin... ham bosh

1994 yili “yana ozgina uyda o`tirsam, jinni bo`lib qolaman” degan xotinlarniing eng mashxur iddaosi bilan Natalya Kasperskaya erining ishiga qo`shildi. Uni “KAMI” kompaniyasining do`koniga sotuvchi qilib ishga olishdi, keyin menjer sifatida antivirus bo`limiga shtkazishdi. Uning vazifasi bitta edi – maxsulotning sotilishini yo`lga qo`yish. “KAMI”ning ishlari unchayin rivojlanmayotgan bo`lsa-da, antivirus bo`limi jiddiy shartnomalar tuzardi. 1996 yili Finlyandiyaning yirik kompaniyalaridan biri bilan shartnoma imzolaganldaridan so`ng Natalya o`z firmalarini ochishlari kerakligi haqiqda gap ochdi. Boshida Evgeniy rafiqasining fikriga qo`shilmadi, ammo “Kami”ning ishlari orqaga qarab ketayotganini ko`rib, rozi bo`lmaslikning iloji yo`qligini tushundi.

«Kasperskiy laboratoriyasi»

Shunday qilib, 1997 yilning 21 iyul kuni «Kasperskiy laboratoriyasi» deb nomlangan yangi korxona dunyoga keldi. Korxona nomida qaharmonimizning familiyasi ishlatilishi ham rafiqasining talab va xohishi edi. Odamlar «by Eugene Kaspersky» degan mahsulotga o`rganib bo`lishgan, Evgeniyning o`zi ham anchayin mashxur edi. Uning bu qadami ham keyinchalik to`g`ri ekanini amalda isbotini topdi.

Yangi korxonani boshqarishni Natalya bo`yniga oldi. Loyihalarga esa Evganiy rahbarlik qilardi. Ana endi ishlar rivojlangandan rivoojlandi. 1999 yiliyoq kompaniyaning birinchi xalqaro vakolatxonasi ochildi. Maxsulotning sifati ham katta rol o`ynadi, kompaniyaning kunu-tun viruslardan ximoyalashga shay turishi ham o`sha paytlarodan yangilik edi.

Yangi mingyillikda esa oltita odam ishlaydigan «Kaspersky Lab» YoAJ xalqaro miqyosdagi korxonaga aylandi, jahon miqyosidagi ilg`or korxonalar ro`yxatiga kirdi.

Kaspersiky hozir ham sevimli ishi bilan mashg`ul, u viruslarni o`rganib, kompyuiterlarimizning bexavotir ishlashiga xizmat qilmoqda.

Ikki qo`chqorning kallasi bir qozonda qaynamaydi

1998 esa Natalya bilan Evgeniy o`n yillik turmushlaridan so`ng ajrashishga qaror qildilar. Sababi Kasperskiyga hadeb “yo`q” deydigan, o`z gapini o`tkazishni yoqtiradigan ayol bilan yashash og`ir bo`lib qoldi.

Uch yildan so`ng Natalya yana turmushga chiqdi. Uning yangi turmush o`rtog`i ham internet biznesiga aloqador – tadbirkor Ashmanov. Natalya unga ikki qiz tug`ib berdi. Ammo ko`p bolali ona ishini tashlamadi U hanuz biznes-ledi, Rossiyaning eng boy 10 ayollari sarasiga kiradi. Evgeniy ham 2009 yili qayta uylandi – rafiqasi xitoylik. Bu turmushidan tug`ilgan uchinchi o`g`li bu yili maktabga chiqdi. Kenja farzandi esa qiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: