Главная » Yangiliklar » ​4 OKTYaBR KUNI O`ZBEKISTONDA QANDAY OB-HAVO KUZATILADI?
​4 OKTYaBR KUNI O`ZBEKISTONDA QANDAY OB-HAVO KUZATILADI?

​4 OKTYaBR KUNI O`ZBEKISTONDA QANDAY OB-HAVO KUZATILADI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​4 OKTYaBR KUNI O`ZBEKISTONDA QANDAY OB-HAVO KUZATILADI?
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:23
​4 OKTYaBR KUNI O`ZBEKISTONDA QANDAY OB-HAVO KUZATILADI?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 oktyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja iliq, Qoraqalpog`istonning ba`zi joylarida 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir qorga aylanishi mumkin). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: