Главная » Yangiliklar » 50 yil kishanda saqlangan fil ozodlikka chiqqach, yig‘lab yubordi
50 yil kishanda saqlangan fil ozodlikka chiqqach, yig‘lab yubordi

50 yil kishanda saqlangan fil ozodlikka chiqqach, yig‘lab yubordi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 50 yil kishanda saqlangan fil ozodlikka chiqqach, yig‘lab yubordi
  • Дата релиза: 08-07-14, 11:58
50 yil kishanda saqlangan fil ozodlikka chiqqach, yig‘lab yubordi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yovvoyi hayvonlarni qutqarish bilan shug‘ullanuvchi Wildlife SOS tashkilotining shimoliy Londondagi xayriya jamg‘armasi faollari Raju nomli keksa filning qullik kishanlarini yechdi. Qutqaruv jarayonida shafqatsiz xo‘jayinidan ozodlikka erishgan fil yig‘lab yubordi, deb xabar berdi Daily Mail nashri.

5,5 tonnalik Rajuning egasi filni kishanda saqlagan; Uni urib, haqoratlagan va ko‘chadan o‘tayotganlarga ta’zim bajo keltirib, chaqa ishlab topishga majbur qilgan. Raju qog‘oz va plastik mahsulotlari, topib olingan axlatni iste’mol qilib kun ko‘rgan.

2013-yil iyul oyida Rajuning og‘ir ahvolidan xabar topgan hayvonlar himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot filni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Rajuning xo‘jayinida filga egalik qilishga doir hech qanday hujjat bo‘lmagan.

Hayvonlarni himoya qiluvchi mazkur jamg‘armaning Buyuk Britaniyadagi vakili Puja Binepal Rajuning jami 27 nafar xo‘jayini bo‘lgani, ularning barchasi filni qiynaganini aytib o‘tdi.
Логин:
Пароль: