Главная » Yangiliklar » 52 nafar o`zbekistonlik vafot etgan avtobusdan g`alati tovushlar kelmoqda
52 nafar o`zbekistonlik vafot etgan avtobusdan g`alati tovushlar kelmoqda

52 nafar o`zbekistonlik vafot etgan avtobusdan g`alati tovushlar kelmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 52 nafar o`zbekistonlik vafot etgan avtobusdan g`alati tovushlar kelmoqda
  • Дата релиза: 02-02-18, 08:55
52 nafar o`zbekistonlik vafot etgan avtobusdan g`alati tovushlar kelmoqda
Qozog`iston Respublikasi Aqto`be viloyatida 52 kishi qurbon bo`lgan avtobusdan g`alati sadolar kelayotgan ekan. Bu haqda 31-kanalga tayangan holda Sputnik Qozog`iston xabar bermoqda.

Bir necha kun oldin yonib ketgan avtobus fojia joyidan Aqto`bedagi avtoturargohga olib kelingan. Qo`riqlash xodimlarining ta`kidiga ko`ra, mana shu kunlar orasida ular avtobus tomondan kelayotgan, odam tovushlariga o`xshash g`alati sadolarni eshitishgan.

"Oqshom 1-2larda kelib, halok bo`lganlarning chinqiriq va yordam ovozlarini eshitish mumkin", — deb hikoya qilgan qo`riqchi.

Eslatib o`tamiz, 2018 yil 18 yanvar kuni Qozog`iston trassasida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O`zbekiston fuqarolari halok bo`ldi. Faqat 5 nafar kishi omon qoldi. Ikki qavatli "Ikarus" Qozog`iston davlat raqamlari bilan Rossiya tomon yo`lga chiqqandi.

Fojea qisqa elektr simi tutashuvi, salon ichida yong`in chiqishi va olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanishi oqibatida sodir bo`lgan bo`lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

So`nggi xabarlarga ko`ra, Aqto`be viloyati sudi yonib ketgan avtobusning 3 nafar haydovchilarini 2 oy muddatga hibsga oldi.

Dastlabki tergov ishlari natijasida, avtobus haydovchilari tomonidan Qozog`iston Jinoyat Kodeksining 345-moddasi, 4-bandida ko`rsatilgan jinoyatni (yo`l-harakati xavfsizligi qoidalarini va transport vositasini boshqarish va ekspluatasiya qoidalarini buzish) amalga oshirilgani aniqlangan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: