Главная » Yangiliklar » 70 yil birga yashagan er-xotin bir vaqtda 4 daqiqa farq bilan vafot etdi
70 yil birga yashagan er-xotin bir vaqtda 4 daqiqa farq bilan vafot etdi

70 yil birga yashagan er-xotin bir vaqtda 4 daqiqa farq bilan vafot etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 70 yil birga yashagan er-xotin bir vaqtda 4 daqiqa farq bilan vafot etdi
  • Дата релиза: 04-04-17, 19:54
70 yil birga yashagan er-xotin bir vaqtda 4 daqiqa farq bilan vafot etdi
Buyuk Britaniyalik keksa erkak vafot etganidan to`rt daqiqa o`tib, uning turmush o`rtog`i ham vafot etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Juftlik 70 yil birga yashagan edi. Ular hayotining so`nggi daqiqalarini birga o`tkaza olmadi: Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 93 yoshli Uilf Rassell (Wilf Russell) “aqli zaiflik” tashxisi qo`yilgani uchun Lestershir grafligida joylashgan muruvvat uyida, uning rafiqasi 91 yoshli Vera Rassel(Vera Russell) esa yanvar oyidan beri shifoxonada davolanayotgan edi. Er-xotinning qarindoshlarining ma`lumot berishicha, ayolning sog`lig`i turmush o`rtog`i uni tanimay qolganidan so`ng yomonlasha boshlagan. Keksa erkak avj olayotgan kasallik tufayli so`nggi paytlarda xotirasini ham yo`qota boshlagan edi.

29 mart kuni mahalliy vaqt bilan 6:50 da Uilf muruvvat uyida vafot etdi. 6:54 da esa Uilfning rafiqasi Vera ham vafot etdi. U turmush o`rtog`i vafot etganidan xabar ham topmadi, deyiladi xabarda.

Uilf bo`lajak rafiqasi bilan 18 yoshida tanishgan edi. O`shanda Vera 16 yoshda bo`lgan. Ular urush tugashi bilan ya`ni 1945 yilda turmush qurgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: