Главная » Yangiliklar » 75 ta avtomobil jarima to‘lanmagani uchun jarima turargohiga evakuatsiya qilindi
75 ta avtomobil jarima to‘lanmagani uchun jarima turargohiga evakuatsiya qilindi

75 ta avtomobil jarima to‘lanmagani uchun jarima turargohiga evakuatsiya qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 75 ta avtomobil jarima to‘lanmagani uchun jarima turargohiga evakuatsiya qilindi
  • Дата релиза: 31-05-17, 10:23
75 ta avtomobil jarima to‘lanmagani uchun jarima turargohiga evakuatsiya qilindi
Egalari ikki oy ichida kuzatuv kameralari qayd qilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimani to‘lamagan avtotransport vositalari jarima turargohiga yo‘llandi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

“Bugun jarima turargohida 75 avtomobil bor. Transport vositalari evakuatsiyasidan 3840 avtomobil egasi qutulib qoldi. Ular uylari yoniga evakuator yetib kelishi bilan jarimalarni to‘ladi”, — ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB YHXB shtabi boshlig‘i Aziz Sadirov.

Aytilishicha, qoidabuzarlarning ko‘pchiligi jarimalarni birinchi oy davomida to‘laydi. Ammo ayrimlar oxirigacha kutadi, bunda ular ogohlantirish xatini olmaganini yoki hech qanday qoidani buzmaganligini ro‘kach qiladi. Aslida esa, kameralar ishga tushirilgan dastlabki kunlarda ayrim xatolar kuzatilgan bo‘lsa, oradan ikki oy o‘tib videofiksatorlar xatosiz ishlamoqda, deb ishontirdi boshqarma vakili.

Avtomobilning jarima turargohida bir sutka saqlangani uchun transport egasi 9 ming so‘m to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: