Главная » Yangiliklar » 7 yashar bolakay do‘stining operatsiyasi uchun 50 ming dollar pul to‘pladi.
7 yashar bolakay do‘stining operatsiyasi uchun 50 ming dollar pul to‘pladi.

7 yashar bolakay do‘stining operatsiyasi uchun 50 ming dollar pul to‘pladi.

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 7 yashar bolakay do‘stining operatsiyasi uchun 50 ming dollar pul to‘pladi.
  • Дата релиза: 10-07-14, 00:54
7 yashar bolakay do‘stining operatsiyasi uchun 50 ming dollar pul to‘pladi.
Do‘stini operatsiya qilish
uchun katta miqdorda pul
kerakligini eshitgan yetti yoshli
bolakay pul yig‘ishga qaror
qiladi. Bu haqda Mashable
nashriga tayanib, Tjournal.ru
xabar berdi.
Kuin Kallender do‘sti bilan.
Foto: tjournal.ru
Nashrda qayd etilishicha,
Kanadaning Britaniya
Kolumbiyasi provinsiyasida
istiqomat qiluvchi Kuin
Kallenderning do‘sti Breyden
Grozdanich bolalar miya
(serebral) falaji oqibatlaridan
jabr ko‘rmoqda. Breydenning
operatsiyasiga pul topish
maqsadida Kuin avvaliga
do‘stlari bilan oziq-ovqat
do‘koni yoniga peshtaxta
o‘rnatib, uyda tayyorlangan
limonad sotadi. Bolakaylarni
mahalliy aholi bilan bir qatorda
Breydenning otasi bilan
ishlovchi o‘t o‘chiruvchilar ham
qo‘llab-quvvatladi.
Limonad peshtaxtasi yonida.
Foto: tjournal.ru
Bundan tashqari, Kuin ota-
onasining yordami bilan
youcaring.com saytida
crowdfunding —
moliyalashtirishda xalq
ko‘maklashadigan
kampaniyani ishga tushiradi.
Saytda Kuin AQShda 20 ming
dollar narx bilan belgilangan
mazkur operatsiya do‘stining
mushaklariga elastiklikni
qaytarib, tortishib qolishni
to‘xtashi mumkinligini yozadi.
Crowd funding kampaniyasi.
Foto: tjournal.ru
Kasallik bilan og‘rigan
bolaning otasi Trevisning
aytishicha, operatsiyani
Kanadada ham qilsa bo‘ladi,
biroq keyin Breyden bir umr
nogironlik aravachasiga
mixlanib qolishi mumkin.
Kraudfanding kampaniyasida
hozirga qadar to‘plangan
mablag‘ 53 ming dollar
(kutilgandan 2,5 marta
ko‘p)dan oshdi. Operatsiya
uchun pul yig‘ish avgust
oyining boshiga qadar davom
etadi.
Логин:
Пароль: