Главная » Yangiliklar » 8 yanvar kuni havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi
8 yanvar kuni havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi

8 yanvar kuni havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 8 yanvar kuni havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi
  • Дата релиза: 07-01-19, 21:08
8 yanvar kuni havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 5-7 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`lib (yomg`ir, qor), tuman tushishi kutiladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi kutiladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi kutiladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ib, tuman tushishi kutiladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi kutiladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: