Главная » Yangiliklar » ​9 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSINING JASADI ORTILGAN SAMOLYoT QOZOG`ISTONDAN O`ZBEKISTONGA QAYTDI
​9 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSINING JASADI ORTILGAN SAMOLYoT QOZOG`ISTONDAN O`ZBEKISTONGA QAYTDI

​9 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSINING JASADI ORTILGAN SAMOLYoT QOZOG`ISTONDAN O`ZBEKISTONGA QAYTDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​9 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSINING JASADI ORTILGAN SAMOLYoT QOZOG`ISTONDAN O`ZBEKISTONGA QAYTDI
  • Дата релиза: 24-06-17, 22:21
​9 NAFAR O`ZBEKISTON FUQAROSINING JASADI ORTILGAN SAMOLYoT QOZOG`ISTONDAN O`ZBEKISTONGA QAYTDI
Yo`l-transport hodisasida jabrlanganlar yuklangan samolyot O`zbekistonga uchib ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

2017 yilning 24 iyun kuni Qozog`istonning Aktobe viloyati hududida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida halok bo`lgan 9 kishining jasadi va 38 ta jarohatlanganlar yuklangan maxsus samolyot O`zbekistonga qaytdi.

O`tgan tunda Aktobe shahriga borgan O`zbekistonning Qozog`istondagi Elchixonasi konsullik bo`limi xodimlari tomonidan respublika va mahalliy hokimiyat organlari yordamida jabrlanganlarni vatanga qaytarish uchun barcha tashkiliy va yuridik masalalar hal qilindi.

Mamlakatimiz rahbariyati topshirig`iga binoan etib borgan O`zbekiston Mudofaa vazirligining tibbiyot xodimlari mahalliy shifokorlar bilan birgalikda davolanayotgan O`zbekiston fuqarolarini ko`zdan kechirdilar va barchani vatanga qaytarishga ruhsat berdilar.

O`zbekiston Elchixonasi ma`lumotiga ko`ra Aktobe shahri aeroportidan erta tongda maxsus samolyot mamlakatimizga yo`l oldi.

Eslatib o`tamiz, 2017 yilning 20 iyun kuni Aktyuba viloyati Aytekebiy tumani Karabutak posyolkasidan 20 kilometr uzoqlikda Samara-Chimkent trassasining 946-kilometrida soat 10.20 da yo`l-transport hodisasi yuz berdi. “Mersedes” rusumli ikki qavatli yo`lovchilar avtobusi ag`darilib tushdi. Hodisa oqibatida 9 nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi. Halok bo`lganlarning ro`yxatini O`zR TIV e`lon qildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: