Главная » Yangiliklar » ​ABDULLAJON KINOGA QAYTDI
​ABDULLAJON KINOGA QAYTDI

​ABDULLAJON KINOGA QAYTDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ABDULLAJON KINOGA QAYTDI
  • Дата релиза: 03-08-17, 22:49
​ABDULLAJON KINOGA QAYTDI
Rejissyor Zulfiqor Musoqovning "Abdullajon" filmidagi Abdullajon roli orqali muxlislarga yaxshi tanish aktyor Shuhrat Qayumov yana bir o`zbek filmida suratga tushmoqda. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Film ijodkorlarining ma`lum qilishicha, mazkur yangi kartina "Temur" deb nomlangan bo`lib, u jangari janrda.

Filmda bosh rollarni Alixan taxallusi bilan tanilgan Nurmuhammad Husniddinov hamda Elyor Mahkamovlar gavdalantirishmoqda. Shuningdek, kartinaga o`zbek aktyorlaridan tashqari Gollywood hamda qozog`istonlik aktyorlar ham jalb etilgani aytilmoqda.

Filmning dastlabki suratga olish ishlari shu yilning yoz oyi o`rtalarida Jizzax viloyatida boshlangan. Film rejissyori Ayyub Shahobiddinov.

Ma`lumot uchun, “Abdullajon” filmi 1992 yilda ekranlarga chiqqan. Unda Abdulajonni taniqli operator Malik Qayumovning nabirasi Shuhrat Qayumov ijro etgan. Aktyor bugungi kunda operator sifatida faoliyat olib bormoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: