Главная » Yangiliklar » ​ABITURIENTLAR O`Z HOHIShI BILAN ShPARGALKALARNI TOPShIRIShGA UNDAGAN NARSA HAQIDA SO`ZLAB BERIShDI
​ABITURIENTLAR O`Z HOHIShI BILAN ShPARGALKALARNI TOPShIRIShGA UNDAGAN NARSA HAQIDA SO`ZLAB BERIShDI

​ABITURIENTLAR O`Z HOHIShI BILAN ShPARGALKALARNI TOPShIRIShGA UNDAGAN NARSA HAQIDA SO`ZLAB BERIShDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ABITURIENTLAR O`Z HOHIShI BILAN ShPARGALKALARNI TOPShIRIShGA UNDAGAN NARSA HAQIDA SO`ZLAB BERIShDI
  • Дата релиза: 02-08-17, 17:46
​ABITURIENTLAR O`Z HOHIShI BILAN ShPARGALKALARNI TOPShIRIShGA UNDAGAN NARSA HAQIDA SO`ZLAB BERIShDI
Internet tarmoqlarda kecha bo`lib o`tgan test jarayonidan turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda.

Ana shunday holatlardan ayrimlari O`zAda ham e`lon qilindi.

Abiturientlar test sinovlarini topshirish uchun birin-ketin dastlabki nazorat postlaridan o`ta boshladi. Ona baribir ona-da, bolasini qiynalmasin, deydi. U o`g`lining fuqarolik pasporti muqovasi orasiga tarix fanidan muhim sanalar va boshqa qisqa ma`lumotlar yozilgan “shpargalka”ni joyladi. Farzandini bundan xabardor ham qildi.

Yigit birinchi “dovondan” yaxshi o`tdi: hech kim, hech narsani sezmaganday tuyuldi. Lekin u navbatdagi “bosqich”da tavakkal qilishni istamadi. Chunki u binoga yaqinlashgan sari nafaqat tekshiruv kuchayib borar, balki o`zi uchun to`g`ri xulosa chiqarishga chorlovchi shiorlar ketma-ketligi ham o`z ta`sirini ko`rsatdi... U nazoratchilarga pasporti orasidan qog`ozchani o`zi olib berdi. Va engil bo`lib, yaxshi kayfiyatda imtihonga kirib ketdi.

“Imtihon olinadigan auditoriyalarga yaqinlashishimiz bilan turli ogohlantirish va chorlovlar yozilgan bannerlarni ko`rib xotirjam bo`ldik. Chunki bu chorlovlarga amal qilib, imtihonga olib kirish mumkin bo`lmagan buyumlarni ko`pchilik o`zi chiqarib berdi. Dastlab, “Test sinovlari qat`iy nazorat ostida bo`lib o`tadi. Istisnolarga yo`l qo`yilmaydi”, deb yozilgan bannerga ko`zim tushdi. Bu ogohlantirish pavilonga yaqinlashgan sari qat`iy, keskin tus oladi. Masalan, “Telefon va boshqa taqiqlangan predmetlar olib kirishga uringanlar test sinovlaridan chetlashtiriladi”, “O`z bilimingizga ishoning! Tavakkal qilib, noto`g`ri yo`ldan borib, yana bir yil umringizni zoe ketkazmang!”. Eng oxirgi qizil chiziq tortilgan shartli chegarada yonidagi bannerda “Oxirgi ogohlantirish! Bu belgidan o`tgandan keyin taqiqlangan predmetlarni olib kirgan abiturientlar hech qanday istisnosiz test sinovlaridan chetlatiladi!” deb yozilgan. Bu ogohlantirish noto`g`ri xayol bilan testga kelgan tengdoshlarimni o`z vaqtida, to`g`ri xulosa chiqarishga undadi, deb o`ylayman”, deydi o`z bilimiga ishongan abiturientlardan biri.

Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: