Главная » Yangiliklar » Abituriyentlar test javoblarini CLICK xizmati orqali ham bilishlari mumkin
Abituriyentlar test javoblarini CLICK xizmati orqali ham bilishlari mumkin

Abituriyentlar test javoblarini CLICK xizmati orqali ham bilishlari mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Abituriyentlar test javoblarini CLICK xizmati orqali ham bilishlari mumkin
  • Дата релиза: 10-08-14, 14:39
Abituriyentlar test javoblarini CLICK xizmati orqali ham bilishlari mumkin

Joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlarini topshirgan abituriyentlar test natijalarini onlayn plastik kartochkalariga ulangan CLICK xizmati orqali bilib olishlari mumkin. Bu haqida CLICK kompaniyasi rasmiy saytidagi ma’lumotga asoslanib Xushnudbek.uz sayti xabar berdi.

Davlat Test Markazi bilan erishilgan hamkorlik natijasida bu yil kirish imtihonlarni topshirgan abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun CLICK tizimida imtihonlarning natijalarini SMS orqali olish imkoniyati yaratildi, – deyiladi xabarda.

Natijalarni bilib olish uchun USSD-menyusida (*880#) ochilgan "DTM 2014” bo‘limiga kirish lozim. Undan so‘ng abituriyentning javoblar raqamini kiritish kerak bo‘ladi. Imtihon natijalari 15 avgustgacha, ya’ni Davlat Test Markazidan olingandan keyin avtomatik ravishda SMS orqali yuboriladi.

So‘rov qiymati 1500 so‘mni tashkil etadi.

DTM saytida berilgan xabarga ko‘ra, test natijalarini 5100 raqamiga SMS yuborish orqali ham bilish mumkin. Mazkur xizmat faqat Ucell kompaniyasi abonentlari uchun amal qiladi.

CLICK xizmatini yoqtirish bilan bog‘liq barcha savollarga kompaniya saytidan (http://click.uz/uz) ma’lumot olish mumkin

Логин:
Пароль: