Главная » Yangiliklar » Afg‘oniston hukumati WhatsApp va Telegram’ni bloklashga qaror qildi
Afg‘oniston hukumati WhatsApp va Telegram’ni bloklashga qaror qildi

Afg‘oniston hukumati WhatsApp va Telegram’ni bloklashga qaror qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Afg‘oniston hukumati WhatsApp va Telegram’ni bloklashga qaror qildi
  • Дата релиза: 05-11-17, 13:35
Afg‘oniston hukumati WhatsApp va Telegram’ni bloklashga qaror qildi
Afg‘onistonda telekommunikatsiya sohasi uchun mas’ul hisoblangan nazorat qiluvchi organ joriy hafta mahalliy internet-provayderlarga WhatsApp va Telegram messenjerlarini blok qilish haqida yozma ko‘rsatma bergan. Mazkur ko‘rsatma bajarilganmi yoki yo‘q — hozircha noma’lum, deb yozadi Reuters agentligi.

Ba’zi OAVlarning yozishicha, messenjerlarni blok qilish haqidagi ko‘rsatma Afg‘oniston Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha boshqarmasidan tushgan bo‘lishi mumkin. Qayd etishlaricha, boshqarma shu yo‘l bilan “Tolibon” jangarilari va boshqa isyonchi guruhlarlarning bu messenjerlardan foydalanishining oldini olish niyatida.

Avvalroq Eron nashrlari mahalliy prokuratura Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga nisbatan jinoiy ish ochgani haqida xabar bergan edi. Bunga, Eron rasmiylarining fikricha, messenjerdan IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari, bolalar pornografiyasi tarqatuvchilari, odam va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar faol foydalanayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: