Главная » Yangiliklar » Akulalarning ayollarga nisbatan erkaklarga ko‘proq hujum qilishi aniqlandi
Akulalarning ayollarga nisbatan erkaklarga ko‘proq hujum qilishi aniqlandi

Akulalarning ayollarga nisbatan erkaklarga ko‘proq hujum qilishi aniqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Akulalarning ayollarga nisbatan erkaklarga ko‘proq hujum qilishi aniqlandi
  • Дата релиза: 07-09-14, 21:26
Akulalarning ayollarga nisbatan erkaklarga ko‘proq hujum qilishi aniqlandi

Avstraliyaning Bond universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlarida akulalar ayollarga nisbatan erkaklarga to‘qqiz bor ko‘proq hamla qilishi aniqlandi. Bu haqda “Rossiyskaya Gazeta” xabar bermoqda.

 Olimlar tadqiqot davomida butun dunyo bo‘yicha akulalar ishtirokida sodir bo‘lgan baxtsiz voqealarni o‘rganib chiqdi va ularning 84 foizida erkaklarga hujum qilinganini aniqladi.

 NEWSru.com’ning yozishicha, erkaklar ko‘p vaqtini suvda o‘tkazgani uchun ham ularda baxtsiz hodisa xavfi yuqori bo‘ladi.

 Avstraliya akula hujumi qurbonlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi 30 yil ichida mazkur yirtqich baliqlar bu mamlakat aholisiga 171 bor hujum qilgan, shundan 32 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Bu ko‘rsatkich Avstraliya atrofida juda xavfli akulalar suzishi bilan bog‘liqdir. Janubiy Afrikada esa hujumlar miqdori 132 ta, o‘limlar soni 28 tani tashkil etdi.

 AQShda akulalar 769 kishiga hamla qilgan bo‘lsa, ulardan 25 nafari halok bo‘lgan. Shu bois tadqiqot natijalari AQShda akulalar hamlasi natijasida sodir bo‘lgan o‘lim eng kam — bor-yo‘g‘i 3,6 foiz ekanligini ko‘rsatdi. Bu AQSh havzasida mayda akulalar suzishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 Bundan tashqari, tadqiqotchilar aytishicha, odamlarning o‘zi akulalarning boshiga urib qo‘yish va qarmoq ilgagini chiqarish uchun qo‘lni akula og‘ziga tiqish kabi harakatlar orqali yirtqich baliqlarni hamla qilishga majbur qiladi.

Логин:
Пароль: