Главная » Yangiliklar » ALIMENT TO`G`RISIDA 4 SAVOLGA-JAVOB
ALIMENT TO`G`RISIDA 4 SAVOLGA-JAVOB

ALIMENT TO`G`RISIDA 4 SAVOLGA-JAVOB

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ALIMENT TO`G`RISIDA 4 SAVOLGA-JAVOB
  • Дата релиза: 09-10-17, 21:50
ALIMENT TO`G`RISIDA 4 SAVOLGA-JAVOB
Aliment miqdori qanday belgilanadi?

Voyaga etmagan bolalar ta`minoti uchun ota-ona o`rtasida o`zaro kelishuv bo`lmagan taqdirda, sud tomonidan oylik ish haqi yoki umumiydaromadining bittabola uchun to`rtdan bir qismi, ikkita bola uchun uchdan bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun yarimisi miqdorida undiriladi. To`lov turi taraflarning moddiy va oilaviy axvolidan kelib chiqib belgilanadi.

Summani o`zgartirish mumkinmi?

Aliment to`laydigan ota-onaning oylik ish xaqi yoki boshqa turdagi daromad hisobi o`zgarib tursa, sud orqali aliment miqdori o`zgartirilishi mumkin. Bunda aliment summasitaraflarning moliyaviy axvolini inobatga olgan xolda kamaytirilishi yoki ko`paytirilishi mumkin.

Necha yoshgacha to`lanadi ?

Bola balog`at yoshiga etgach (18 yosh) yoki voyaga etmasdan turib to`liq muomila layoqatiga ega ekanligi (mustaqil mehnat faoliyati bilan shug`ullanishi) sud qarori bilan tasdiqlansa, yoki ayolning boshqa nikohga o`tishi munosabati bilan bolaning nasabi o`zgartirilsa, (bunda bola yangi oilasidagilar tarafidin farzandlikka olingan hisoblanadi) aliment to`lash harakatlari tugatilishi mumkin.

Ota-onalik huquqlarining bekor qilinishi aliment to`lashdan ozod etadimi ?

Ota-onalik xuquqining bekor qilinishi degani bola tarbiyasida u yoki bu tarafning ishtiroki ta`qiqlanadi, degan izohga ega. Taraflarning ota-onalik xuquqlari bekor qilingan taqdirda ham voyaga etmagan bola ta`minotixuquqi bekor qilinmaydi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: