Главная » Yangiliklar » Alisher Usmonov O'zbekistonga 8 mln. dollarlik nodir kitoblar tuhfa qildi
Alisher Usmonov O'zbekistonga 8 mln. dollarlik nodir kitoblar tuhfa qildi

Alisher Usmonov O'zbekistonga 8 mln. dollarlik nodir kitoblar tuhfa qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Alisher Usmonov O'zbekistonga 8 mln. dollarlik nodir kitoblar tuhfa qildi
  • Дата релиза: 23-01-19, 00:11
Alisher Usmonov O'zbekistonga 8 mln. dollarlik nodir kitoblar tuhfa qildi
O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovning ma`lum qilishicha, markazning ma`muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarga homiylik qilayotgan vatandoshimiz, ayni paytda Rossiya Federasiyasida istiqomat qilib kelayotgan tadbirkor Alisher Usmonov Islom sivilizasiyasi markaziga qiymati 8 million dollarga teng bo`lgan 4 923 nomdagi nodir kitoblar kolleksiyasini tuhfa qildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

– Ushbu bebaho kolleksiyada sharqshunoslik va islom olamining Evropaga ta`siriga doir XIII asrdan boshlab to hozirga qadar chop etilgan lotin, ingliz, fransuz, nemis tilidagi noyob kitoblar jamlangan, – deydi Sh.Minovarov. – Mavjud 4 923 kitobning ingliz tilidagi katalogi ayni paytda o`zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Nodir kitoblar orasida Ibn Sinoning «Tib qonunlari» kitobining ilk lotincha tarjimasi ham bor. Shuningdek, o`ta noyob sanalgan «Musulmon manbaalarini tarjima qilish uchun lotincha-arabcha lug`at» nomli qo`llanma ham mavjud.

Beruniy, Farg`oniy singari ulug` ajdodlarimizning ayrim asarlari yo`qolib ketgan, bizgacha etib kelmagan. Ammo bu asarlarning lotin tilidagi tarjimalari saqlanib qolgan. 1200-1300 yillarga taalluqli o`sha lotincha-arabcha lug`atlar yordamida ajdodlarimizning lotin tilidagi ilmiy merosini asliyatda qanday bo`lganini bemalol o`rganishimiz mumkin.

Ushbu noyob kolleksiya madaniyat va san`at homiysi hisoblangan vatandoshimizning xalqimizga bebaho tuhfasidir.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: