Главная » Yangiliklar » Alisher Usmonov O'zbekistonga imkon qadar yordam berishini ma'lum qildi
Alisher Usmonov O'zbekistonga imkon qadar yordam berishini ma'lum qildi

Alisher Usmonov O'zbekistonga imkon qadar yordam berishini ma'lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Alisher Usmonov O'zbekistonga imkon qadar yordam berishini ma'lum qildi
  • Дата релиза: 09-12-17, 14:38
Alisher Usmonov O'zbekistonga imkon qadar yordam berishini ma'lum qildi
Alisher Usmonov Reuters'ga bergan intervyusida, O`zbekistonning yangi rahbariga tashqi dunyoga ochilishga va O`zbekistonga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda “Uznews.uz” ma`lum qilmoqda.

"Men qo`limdan kelganicha O`zbekistonga yordam berishga tayyorman va shunday qilyapman ham, - dedi Usmonov agentlikka telefon orqali bergan intervyusida. - Mening bugungi kundagi rolim - maslahatlashuvlar, maslahatlashuvlar va xayriya loyihalari".

U sarmoyalarga batafsil to`xtalmadi, faqat gap orasida o`zi 49 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Rossiyaning USM xolding kompaniyasi va O`zbekistonning metallurgiya zavodi o`rtasida aloqalar mustahkamlanayotganini aytib o`tdi. Milliarder bu aloqalarning qaysi bosqichda ekaniga oydinlik kiritmadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: