Главная » Yangiliklar » Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san`atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi
Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san`atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi

Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san`atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san`atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi
  • Дата релиза: 07-04-17, 17:00
Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san`atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi
Joriy yil aprel oyida Toshkent shahri sahnalarida Rossiyaning mashhur san`atkorlari — dirijyor Valeriy Gergiev boshchiligidagi Mariinskiy teatri simfonik orkestri, balerina Diana Vishnyova va mazkur teatr balet truppasi hamda dirijyor Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri chiqishlari bo`lib o`tadi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

13 aprel kuni «O`zbekiston» xalqaro forumlar saroyida rossiyalik atoqli dirijyor, Mariinskiy teatri badiiy rahbari Valeriy Gergiev boshchiligidagi teatr simfonik orkestri konserti bo`lib o`tadi. Mashhur sozandalar bilan birgalikda sahnaga o`zbekistonlik pianinochi Behzod Abduraimov ham ko`tariladi.

14 aprel kuni Rossiya xalq artisti, Diana Vishnyova o`zbekistonlik muxlislarni o`z san`atidan bahramand etadi. Mariinskiy teatri prima-balerinasi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida bo`lib o`tadigan kechada «Karmen-syuita» baletini taqdim qiladi. Shuningdek, teatr balet truppasi solistlari tomonidan «Don Kixot», «Oqqush ko`li», «Anna Karenina», «Shahrizoda» va boshqa balet asarlaridan parchalar namoyish etiladi.

26 aprel kuni «O`zbekiston» xalqaro forumlar saroyi Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri konsertiga mezbonlik qiladi. Kechada rossiyalik etakchi opera solistlari — Anna Aglatova, Vasiliy Ladyuk va maxsus mehmon — O`zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov ham ishtirok etadi.

Toshkentdagi mumtoz san`at kechalari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Alisher Usmonovning «San`at, fan va sport» xayriya jamg`armasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: