Главная » Yangiliklar » Alisher Uzoqov: “Oldin filmlarni aynan dublyaji uchun ko`rardim, hozirgilarini esa dublyaji uchun ko`rgim kelmaydi”
Alisher Uzoqov: “Oldin filmlarni aynan dublyaji uchun ko`rardim, hozirgilarini esa dublyaji uchun ko`rgim kelmaydi”

Alisher Uzoqov: “Oldin filmlarni aynan dublyaji uchun ko`rardim, hozirgilarini esa dublyaji uchun ko`rgim kelmaydi”

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Alisher Uzoqov: “Oldin filmlarni aynan dublyaji uchun ko`rardim, hozirgilarini esa dublyaji uchun ko`rgim kelmaydi”
  • Дата релиза: 18-04-17, 22:08
Alisher Uzoqov: “Oldin filmlarni aynan dublyaji uchun ko`rardim, hozirgilarini esa dublyaji uchun ko`rgim kelmaydi”
Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov hozirgi kunda o`zbek tiliga o`girilib, efirga uzatilayotgan filmlarning dublyajidan qoniqmasligini ma`lum qildi. Alisher o`zining Instagram`dagi sahifasiga “My5” telekanalida efirga uzatilayotgan xorijiy filmdan lavha aks etgan suratni joyladi va bu boradagi fikrlarini yozib qoldirdi.

“ ‘MY5’ bu telekanalga va boshqa telekanallarga hurmatni saqlagan holda aytmoqchiman. Dublyaj... Oldingi filmlarni aynan dublyaj uchun ko`rardik. Hozirgi filmlarni aynan dublyaji uchun ko`rgim kelmaydi. Sal e`tiborliroq bo`lishsa, menimcha hozirgi imkoniyatlarda yaxshi natijalarga erishsa bo`ladi. Maynavozchilik... Tarjima. Ovoz. Ovoz rejissyori: mana shularga yaxshilab e`tibor berish kerak tv rahbarlari! Xafa bo`lish yo`q. Yaxshi bo`lishini xohlaganimdan”—deb yozadi Alisher Uzoqov.

Alisher Uzoqovning xususiy telekanallardagi dublyajning oqsayotgani borasidagi fikrlarini xonanda Jahongir Otajonov ham ma`qullagan va "Bu iloji yo`q ishku" deya izoh yozib qoldirgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: