Главная » Yangiliklar » Alkogol narxi o'rtacha 25% ga oshdi
Alkogol narxi o'rtacha 25% ga oshdi

Alkogol narxi o'rtacha 25% ga oshdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Alkogol narxi o'rtacha 25% ga oshdi
  • Дата релиза: 04-01-18, 16:05
Alkogol narxi o'rtacha 25% ga oshdi
O`zbekiston Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi 2018 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlar uchun yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni tasdiqladi.

Ishlab chiqaruvchilar uchun vinoning eng kam ulgurji-sotish narxini 1 litr uchun 5400 so`mdan 6500 so`mga, eng kam chakana narxi esa 6500 so`mdan 7800 so`mga (20 foiz) oshirildi.

Aroq va o`tkir alkogol mahsulotlari uchun ulgurji-sotish narx avvalgi 12,9 ming so`m o`rniga eng kamida 16 ming so`m, chakana narx esa 15500 so`m o`rniga 19,2 ming so`m qilib belgilandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Konyakning eng kam ulgurji-sotish narxi 17,2 ming so`mdan 22 ming so`mga, chakana narxi esa 20,6 ming so`mdan 26,4 ming so`mga (28 foiz) oshirildi.

Alkogol mahsulotlarini ushbu narxlardan past baholarga sotish taqiqlanadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: