Главная » Yangiliklar » Amerika armiyasida faqat qalang`i-qasang`ilar xizmat qilmoqda
Amerika armiyasida faqat qalang`i-qasang`ilar xizmat qilmoqda

Amerika armiyasida faqat qalang`i-qasang`ilar xizmat qilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Amerika armiyasida faqat qalang`i-qasang`ilar xizmat qilmoqda
  • Дата релиза: 25-03-17, 23:45
Amerika armiyasida faqat qalang`i-qasang`ilar xizmat qilmoqda
Amerika armiyasida faqat jinoyatchilar va muhojirlar xizmat qilmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Bu haqda“Zvezda” telekanalida Rossiya Davlat dumasining sobiq deputati Roman Xudyakov ma`lumot berdi

“Nimagadir amerikaliklar ularning armiyasida kim xizmat qilayotgani haqida oshkor etishmaydi. U erda qamoqda o`tirishni istamagan odamga armiya safida xizmat qilish taklif etiladi. Muhojirlar esa fuqarolik olish ilinjida harbiy xizmatga borishadi”, dedi siyosatchi. U bunday qo`shinning jangovor faoliyatiga e`tibor qaratishga chaqirdi.

“Qamoqda o`tirishi lozim bo`lgan jinoyatchidan qanday askar chiqishi mumkin? Bu qanday armiya? U erga kim xizmat qilishga boradi?”, deb ta`kidladi Xudyakov.

Mart oyining boshida AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh armiyasini yangidan yaratish, takomillashtirish kerakligi haqida fikr bildirgan edi. Uning fikricha, hozirgi AQSh armiyasi mamlakat tarixidagi eng kuchli armiya bo`lishi lozim.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: