Главная » Yangiliklar » ​Amerikadagi qudratli tornado uy va mashinalarni o`z domiga tortdi
​Amerikadagi qudratli tornado uy va mashinalarni o`z domiga tortdi

​Amerikadagi qudratli tornado uy va mashinalarni o`z domiga tortdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Amerikadagi qudratli tornado uy va mashinalarni o`z domiga tortdi
  • Дата релиза: 08-02-17, 12:32
​Amerikadagi qudratli tornado uy va mashinalarni o`z domiga tortdi
AQShning Luizana shtati gubernatori Jon Bell Edvards janubiy tumanlarga yopirilgan tornadolar tufayli hududda favqulodda vaziyat holatini e`lon qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Gubernator o`zining rasmiy saytida Luiazana aholisining boshiga tushgan kulfatni ko`rishga o`zida kuch topa olmayotganini bayon qilgan. Uning so`zlariga qaraganda, mahalliy hukumat vakillari tornado oqibatlarini bartaraf etish uchun tinmay mehnat qilmoqda. “Tabiiy ofatdan zarar ko`rgan shtatning har bir fuqarosi qisqa muddatda kerakli vositalar bilan ta`minlandi”, deb ta`kidladi Bell Edvards.

Luizananing janubida uchta kuchli tornado kuzatildi. Uylar, binolar jiddiy zarar ko`rdi, ba`zi bir hududlarda elektr simlari batamom uzildi. 10 kishi tan jarohati oldi, o`n mingga yaqin uy chiroqsiz qoldi. Tornado ulkan o`pqon hosil qilib, mashinalarni yutib yubordi. Gubernatorning rasmiy saytidagi ma`lumotlarga ko`ra, shtat hududida 6 ta tornado qayd etilgan. AQSh meteorologiya markazi tomondan Norman shahri, Oklaxoma shtati aholisi ham tornado xavfidan ogohlantirildi. Tabiiy ofat tufayli Luizana, Missisipi va Alabama shtatlarining 2,7 million aholisi hayoti ham xavf ostida turibdi.
Логин:
Пароль: