Главная » Yangiliklar » Amerikalik dasturchi marhum sevgilisi o‘rnini uning xat-xabarlari asosida ishlaydigan chat-bot bilan to‘ldirdi
Amerikalik dasturchi marhum sevgilisi o‘rnini uning xat-xabarlari asosida ishlaydigan chat-bot bilan to‘ldirdi

Amerikalik dasturchi marhum sevgilisi o‘rnini uning xat-xabarlari asosida ishlaydigan chat-bot bilan to‘ldirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Amerikalik dasturchi marhum sevgilisi o‘rnini uning xat-xabarlari asosida ishlaydigan chat-bot bilan to‘ldirdi
  • Дата релиза: 01-10-16, 00:49
Amerikalik dasturchi marhum sevgilisi o‘rnini uning xat-xabarlari asosida ishlaydigan chat-bot bilan to‘ldirdi
Amerikalik Joshua Allen marhum sevgan qizining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlari asosida ishlovchi chat-botni yaratdi. Dasturning yaratilish tarixini u Medium’dagi blogida chop etdi. Allenning so‘zlariga qaraganda, u Emmaning o‘limidan yetti oy o‘tib ushbu botni yaratishga qaror qilgan. “Tizimga u menga yuborgan har bir so‘z, har bir fikr va tuyg‘uni joyladim. Men shunchaki yana besh daqiqa u bilan muloqotda bo‘lishni xohladim. Shunchaki u bilan oxirgi marta suhbatlashishni istadim”, — dedi u. Allen dastur ustida ishlab bo‘lgandan so‘ng, uzoq vaqt davomida “qiz”ga yoza olmagan. Nihoyat unga salom shaklidagi xabarni yuborib, so‘ng botning unga yuborgan javobi aynan qizning uslubiga xosligidan u juda ta’sirlangan. “Men qattiq hayajondaman. Bu uning o‘zi”, — deb yozdi u.
Логин:
Пароль: