Главная » Yangiliklar » Amerikalik diplomatlar 3 oylik “terrorchi”ni so`roq qilishdi
Amerikalik diplomatlar 3 oylik “terrorchi”ni so`roq qilishdi

Amerikalik diplomatlar 3 oylik “terrorchi”ni so`roq qilishdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Amerikalik diplomatlar 3 oylik “terrorchi”ni so`roq qilishdi
  • Дата релиза: 17-04-17, 20:52
Amerikalik diplomatlar 3 oylik “terrorchi”ni so`roq qilishdi
AQShning Londondagi elchixonasi xodimlari uch oylik chaqaloqni so`roqqa chaqirishdi. Bu hodisa kichkintoyning bobosi anketa to`ldirayotgan paytda terrorchilikka oid bo`limda tasdiq javobini berganidan so`ng yuz berdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Xarvi Kenon-Keyrnsning bobosi blank to`ldirayotgan paytda “Siz terrorizm, ayg`oqchilik va qotillikka daxldormisiz?” degan savolga tasodifan “Ha” deb javob bergan.

Oqibatda esa 3 oylik bolakay so`roqqa chaqirildi. “Men ular uch oylik bolakay jamoatchilik uchun qanday xavf solishi mumkinligini tushunmaganligiga xayronman”,—deydi Pol Kenon.

Boboning so`zlariga ko`ra, u nabirasini so`roqqa qamoqxona kiyimi rangida ya`ni olovrang kiyimda olib bormoqchi bo`lgan, biroq u bunday qilmagan.

“Elchixona xodimlarida yumor hissi umuman yo`qqa o`xshaydi. Ular bu vaziyatdagi kulguli holatni ko`ra olmadi”,—deydi Kenon.

Uning fikricha, kichkintoy suhbat jarayonida o`zini yaxshi tutgan, hatto bir marta ham yig`lamagan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: