Главная » Yangiliklar » ​Amerikalik harbiy rafiqasini davolashga pul zarurligi uchun maxfiy ma`lumotlarni Rossiyaga sotmoqchi bo`ldi
​Amerikalik harbiy rafiqasini davolashga pul zarurligi uchun maxfiy ma`lumotlarni Rossiyaga sotmoqchi bo`ldi

​Amerikalik harbiy rafiqasini davolashga pul zarurligi uchun maxfiy ma`lumotlarni Rossiyaga sotmoqchi bo`ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Amerikalik harbiy rafiqasini davolashga pul zarurligi uchun maxfiy ma`lumotlarni Rossiyaga sotmoqchi bo`ldi
  • Дата релиза: 24-05-17, 00:27
​Amerikalik harbiy rafiqasini davolashga pul zarurligi uchun maxfiy ma`lumotlarni Rossiyaga sotmoqchi bo`ldi
AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi Gregori Allen Jastis maxfiy harbiy ma`lumotlarni Rossiyaga sotishga harakat qildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

U sud jarayonida aybini tan oldi. Gregori Allen Jastis AQSh mudofaa vazirligida muhandis bo`lib ishlagan. O`tgan yili 49 yoshli Gregori Rossiya razvedkasi xodimiga maxfiy ma`lumotlarini sotishga harakat qilgan. Aslida u Rossiya razvedkasi emas, balki FQB xodimi bo`lgan.

Jastis AQSh harbiy yo`ldoshlarining o`ziga xos texnik xususiyatlaridan yaxshi xabardor bo`lgan. Amerika qonunchiligiga binoan u 35 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Jastis sudda aybini to`liq tan oldi. U rafiqasi og`ir dardga chalingani tufayli mazkur ishga qo`l urishga majbur bo`lganini ma`lum qildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: