Главная » Yangiliklar » ​Amerikalik milliarder Erda o`zga sayyoraliklar yashashini ma`lum qildi
​Amerikalik milliarder Erda o`zga sayyoraliklar yashashini ma`lum qildi

​Amerikalik milliarder Erda o`zga sayyoraliklar yashashini ma`lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Amerikalik milliarder Erda o`zga sayyoraliklar yashashini ma`lum qildi
  • Дата релиза: 01-06-17, 11:51
​Amerikalik milliarder Erda o`zga sayyoraliklar yashashini ma`lum qildi
NASA bilan hamkorlik qiluvchi kompaniya egasi, amerikalik biznesmen Robert Bigelou nafaqat o`zga sayyoraliklarning mavjudligiga, balki ularning sayyoramizda yashashiga ham ishonadi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

U bu haqda NASA bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyasi haqida ko`rsatuv tayyorlagan “60 daqiqa” teledasturida gapirdi. Robertning Bigelow Aerospace kompaniyasi fazoda yashash uchun zarur bo`ladigan, fazo kemalari uchun dam berib shishirilgan maxsus modulni ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Mazkur modul sinovdan o`tkazilgan. “Men o`zga sayyoraliklarning mavjudligiga mutlaq ishonaman, – dedi u ko`rsatuv boshlovchisi Lara Loganga. – Bu sirning tagiga etish uchun million-million dollar pul sarfladim. Mazkur ishda AQShda hech kim menchalik katta mablag` sarflamagan”, deb qo`shimcha qildi Robert Bigelou. U boshqalarning fikri uni qiziqtirmasligini, bu narsa u bilgan haqiqatni o`zgartira olmasligini, o`zga sayyoraliklar bilan uchrashish uchun pul sarflamayotganligini, ular yonginamizda yashayotganligini ham ma`lum qildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: