Главная » Yangiliklar » Amerikalik yigit to‘yini bekor qilish maqsadida o‘limini sahnalashtirdi
Amerikalik yigit to‘yini bekor qilish maqsadida o‘limini sahnalashtirdi

Amerikalik yigit to‘yini bekor qilish maqsadida o‘limini sahnalashtirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Amerikalik yigit to‘yini bekor qilish maqsadida o‘limini sahnalashtirdi
  • Дата релиза: 20-08-14, 22:18
Amerikalik yigit to‘yini bekor qilish maqsadida o‘limini sahnalashtirdi

AQSh fuqarosi Taker Blendford britaniyalik sevgilisi bilan turmush qurishdan qochish maqsadida o‘zining o‘limini sahnalashtirdi. Bu haqda Mirror’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

 Taker sevgilisi Aleks Lanchester bilan 2012-yil AQShdagi Konnektikut universitetida tanishadi. Ular bir yil uchrashib yurgach, Aleks Buyuk Britaniyaga qaytish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Shunda Taker qizning qo‘lini so‘rab, nikoh marosimini universitet hovlisida o‘tkazishni taklif qiladi. “Men bundan-da romantik joy haqida o‘ylab ham ko‘rmagan edim”, — deydi Aleks.

 Aleks Buyuk Britaniyaga qaytib, to‘yga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Qo‘l mehnati asosida yaratiladigan nikoh ko‘ylagi uchun buyurtma beradi. Rassomlar xizmati uchun pul sarflaydi. Britaniyaga uchib kelishi lozim bo‘lgan Takerning parvozi uchun bilet sotib. Taker Buyuk Britaniyaga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish uchun kelishi kerak edi.

 Biroq parvozga bir hafta qolganda, Aleksga Amerika raqamidan qo‘ng‘iroq qilishadi. Telefon qilgan shaxs o‘zini Takerning otasi deb tanishtirib, o‘g‘lining o‘zini mashina ostiga otib, halok bo‘lganini ma’lum qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Taker so‘nggi vaqtlarda qattiq tushkunlik holatida bo‘lgan.

 Aleksga sevimli insonining vafoti qattiq ta’sir qildi. Biroq biroz o‘ziga kelib, yigitning onasiga qo‘ng‘iroq qilgan qiz Taker bilan hammasi joyida ekanligidan xabar topgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, “halok bo‘lgan yigitning otasi” deb o‘zini tanishtirgan shaxs Takerning o‘zi bo‘lgan.

 Yigit Aleks bilan turmush qurishdan qo‘rqib, shunday yo‘l orqali qizning hayotidan chiqib ketmoqchi bo‘lgan.

 Aleks Takerni qattiq sevganini va bundan keyin erkak zotiga ishona olmasligini aytgan.

Логин:
Пароль: